Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Moskvada fojia: 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi liftda vafot etdi

Moskvada fojia: 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi liftda vafot etdi

Moskva viloyatining Mitishi shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida 2022 yil 3 may kuni sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi xodimlari tegishli tashkilotlar vakillari bilan tezkor aloqa o‘rnatdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in sigareta qoldig‘i o‘chirilmagani natijasida kelib chiqqan.

Xonadon egasi 4-qavatdan sakrab, olgan jarohati natijasida va yana 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi liftda havo yetishmasligi natijasida vafot etgan.

Hozirda ushbu holat nozoratga olingan va vafot etgan yurtdoshlarimiz Rossiya Federasiyasida rasmiy mehnat faoliyatini amalga oshirib kelayotgani sababli ularning jasadlarini Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 10:40 04.05.2022. O'qildi: 7474 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!