Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Moskvada 13 iyuldan deyarli barcha karantin cheklovlari bekor qilinadi

Moskvada 13 iyuldan deyarli barcha karantin cheklovlari bekor qilinadi

Moskvada 13 iyuldan ommaviy tadbirlar o‘tkazishga qo‘yilgan taqiqdan boshqa barcha cheklov choralari bekor qilinadi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin o‘zining shaxsiy blogida ma’lum qildi.

 Shu bilan birga, jamoat transporti, tibbiyot muassasalari, do‘konlar va jamoat joylarida niqob taqish talabi saqlanib qoladi.

"2020 yil 13 iyuldan fuqarolarga ko‘chaga chiqqanda niqob, respirator yoki nafas olish organlarini himoya qiluvchi boshqa vositalardan foydalanish tavsiya etiladi. Ko‘chada niqob taqish majburiyligi bekor qilinadi", - deb yozdi Sobyanin.

 Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Moskvada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 227363ta holat qayd etilgan, vafot etganlar soni 4 mingdan oshgan.

Kiritildi: 16:10 09.07.2020. O'qildi: 4136 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!