Moskva sudi ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordonni sirtdan 14 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
U barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topildi. Ilgari prokuratura unga shunday muddat talab qilgan edi.
Jurnalistning ta’qib qilinishiga ikkita videolavha sabab bo‘ldi. Birinchisida u AQShni yadro qurolidan foydalangan holda urush boshlashga chaqirdi, ikkinchisida u Rossiya armiyasini Ukrainada tinch aholini o‘ldirishda ayblagan.