Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Moskva Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini qabul qilmaydi

Moskva Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini qabul qilmaydi

Moskva Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini qabul qilmaydi, dedi Rossiya Federasiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu holat o‘rganib chiqilmoqda, shundan so‘ng rasmiylar keyingi qarorlar haqida ma’lumot berishadi.

O‘z navbatida, Rossiya Federasiyasining Vena xalqaro tashkilotlaridagi doimiy vakili Mixail Ulyanov Rossiya energiya narxiga yuqori chegara joriy qilgan mamlakatlarga neft yetkazib berishdan bosh tortishini eslatdi. Avvalroq, Rossiya Federasiyasi hukumati raisining o‘rinbosari Aleksandr Novak ham bu haqda gapirgan edi.

"Bu yildan boshlab Yevropa Rossiya neftisiz yashaydi. Moskva bozorga qarshi narxlar chegarasini qo‘llab-quvvatlovchi mamlakatlarga neft yetkazib bermasligini allaqachon ma’lum qilgan. Kutib turing, tez orada YEI Rossiyani neftdan qurol sifatida foydalanganlikda ayblaydi", — deb yozadi Ulyanov Twitter sahifasida.

Kiritildi: 20:34 03.12.2022. O'qildi: 3606 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!