Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Moskva metrosi yaqinida otishma. Qurbonlar bor

Moskva metrosi yaqinida otishma. Qurbonlar bor

Moskvadagi Noviye Cheryomushki metro bekati yaqinidagi otishma natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda hududdagi huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotiga tayanib Gazeta.ru xabar qildi.

Manbaga ko‘ra, metro bekatiga kirish oldida o‘qotar qurol bilan yaralangan ikki jasad topilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir erkak bir insonga o‘q otib, otishma boshlagan va keyin o‘z joniga qasd qilgan , deb ma’lumot berdi hududdagi huquqni muhofaza qilish organi vakili.

U tezkor tergov guruhi hodisa sodir bo‘lgan joyda ishlayotganini va voqea tafsilotlarini aniqlashga urinayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 22:17 25.04.2019. O'qildi: 1675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!