Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Moskva 50 nafar mahbus almashilganini e’lon qildi

A A A
Moskva 50 nafar mahbus almashilganini e’lon qildi

Rossiyalik harbiylarning yana bir guruhi Ukraina asirligidan ozod qilindi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“8 yanvar kuni muzokaralar jarayoni natijasida o‘lim xavfi ostida qolgan 50 nafar rossiyalik harbiy Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududdan qaytarildi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, harbiy transport samolyotlari qo‘yib yuborilganlarning barchasini davolash va reabilitasiya qilish uchun Moskvaga yetkazib beradi.

“Hozir ularga zarur tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Bu yangi yil boshidan beri birinchi bor kuzatilgan mahbus almashinuvidir. Bundan oldin Mudofaa vazirligi 31 dekabr kuni mahbuslar qaytarilgani haqida xabar bergan edi - keyin 82 kishi ozod qilindi.

Kiritildi: 21:23 08.01.2023. O'qildi: 4018 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik