Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Mongoliya koronavirus bilan kurashayotgan Xitoyga antiqa yordam ko‘rsatdi

Mongoliya koronavirus bilan kurashayotgan Xitoyga antiqa yordam ko‘rsatdi

Mongoliya Prezidenti Xaltmaagiyn Battulga XXR Raisi Si Szinpin bilan uchrashuv vaqtida Xitoyga 30 000 bosh qo‘y sovg‘a qildi. 

Xaltmaagiin Battulga tashrif bilan Xitoyda bo‘lib turibdi. 27 fevral kuni Pekin xalqlar uyida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, Mongoliya Prezidenti koronavirus epidemiyasi bilan kurashayotgan Xitoyni qo‘llab-quvvatlasha maqsadida, Si Szinpinga mamlakatga 30 ming bosh qo‘y berilgani to‘g‘risida guvohnoma topshirdi, deydi "qalampir.uz".

Avvalroq, Xaltmaagiyn Battulga koronavirus sabab mamlakatda Sagan Sar (qamariy oy bo‘yicha Mongoliya Yangi yil)ga aloqador barcha tadbirlar o‘tkazilishini taqiqlagan edi.

Kiritildi: 22:20 27.02.2020. O'qildi: 7019 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!