Bugun 7 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Moldovada Rossiya aviakompaniyalari parvozlarini taqiqlash taklif etildi

Moldovada Rossiya aviakompaniyalari parvozlarini taqiqlash taklif etildi

Moldova hukumati bir qator davlatlar, jumladan, Rossiya aviakompaniyalarining parvozlariga taqiq joriy etishni rejalashtirmoqda. Respublika Infratuzilma va hududiy rivojlanish vazirligi bu boradagi tegishli qonun loyihasini tayyorladi.

Qayd etilishicha, qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan va milliy qonunchilikni YEI normalariga muvofiqlashtirishga qaratilgan. Hujjatga muvofiq Rossiya, Armaniston, Afg‘oniston, Eron va boshqa qator davatlarning aviakompaniyalari Moldova havo makonida ishlash taqiqlangan aviatashuvchilar ro‘yxatiga kiritiladi.

Moldova Infratuzilma vazirligining ma’lum qilishicha, mazkur loyihaning asosiy maqsadi mamlakat qonunchiligini fuqarolik aviasiyasi sohasidagi xalqaro standartlarga moslashtirishdan iborat. Shu orqali hukumat havo transporti xavfsizligini oshirish va Moldova fuqarolarining huquqlarini himoya qilmoqchi.

Qonun qabul qilinsa, Rossiyaning «Avrora», «Aviastar-TU», «Ijavia», «Yakutiya», «RusJet», «YUVT Aero», «Sibir», Smartavia, «IrAero», «Uralskiye avialinii», «ALROSA», NordStar, «RusLayn», «Yamalskiye avialinii», NordWind, «Ikar», Fly, «Pobeda», «Aeroflot», «Rossiya», «SKOL», Utair aviakompaniyalari taqiqqa tushadi.

Moldova YEI a’zosi hisoblanmaydi, ammo 2022 yil martda u blokka a’zo bo‘lish uchun ariza bergan. O‘sha yilning yozida Bryussel Moldovaga YEIga a’zolik maqomini taqdim etgandi. Prezident Mayya Sandu Kishinyov 2030 yilga borib Yevropa Ittifoqi a’zosiga aylanishi mumkinligini istisno etmagan.

Kiritildi: 07:40 03.01.2025. O'qildi: 617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!