Moldovada o‘tkazilgan referendumda saylovchilarning 56 foizi mamlakatning Yevropa Ittifoqiga kirishiga qarshi, 43 foizi esa yoqlab ovoz bergan. Bunday dastlabki natijalarni Markaziy saylov komissiyasi bayonnomalarning 30 foizini qayta ishlagandan so‘ng e’lon qildi.
Referendumda mamlakat aholisidan "Siz Moldova Respublikasining Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi uchun Konstitusiyaga o‘zgartirish kiritishni qo‘llab-quvvatlaysizmi?" - degan savolga javob berishlari so‘ralgan. Plebissitni haqiqiy deb e’tirof etish uchun unda saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning uchdan bir qismi ishtirok etishi kerak.