Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Modrich - "Real" tarixida gol urgan yoshi eng katta futbolchi

A A A
Modrich - "Real" tarixida gol urgan yoshi eng katta futbolchi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich tarixiy muvaffaqiyatga erishdi.

Xorvatiyalik futbolchi "Valensiya"ga qarshi o‘yinning 80-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan bo‘lsa, atigi besh daqiqa o‘tib hisobni tenglashtirdi – 1:1.

MisterChip xabariga ko‘ra, yarim himoyachi "Real Madrid" tarixidagi rasmiy o‘yinlarda gol urgan eng keksa futbolchiga aylandi - 39 yoshu 116 kun. Avvalgi rekordchi 1966 yilda 39 yoshu 15 kunligida gol urgan afsonaviy Ferens Pushkash edi.

Bugungi gol Luka Modrichning joriy mavsumdagi birinchi goli bo‘ldi. Umuman olganda, faxriy barcha musobaqalarda Madrid grandi safida 561 uchrashuvda 40 ta gol urgan.

Kiritildi: 09:26 04.01.2025. O'qildi: 2175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!