Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Modrich: "Orsato men bilgan eng yomon hakamlardan biri"

A A A
Modrich: "Orsato men bilgan eng yomon hakamlardan biri"

Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich JCH-2022 yarim finalida Argentinaga yirik hisobda mag‘lub bo‘lganidan keyin hakamoarni tanqid qildi.

"Odatda men hakamlar haqida gapirmayman, lekin bugun jim turishning iloji yo‘q. Orsato men bilgan eng yomon hakamlardan biri. Men faqat bugungi kun haqida gapirmayapman. Biz u bilan oldin uchrashganmiz, lekin menda Orsato bilan bog‘liq birorta ham ijobiy xotira yo‘q. U haqiqiy falokat" - dedi Modrich o‘yindan so‘ng TyC Sports bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Argentina jahon chempionati finalida Fransiya-Marokash juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi. Jahon chempionatining ikkinchi finalchisi bugun tunda ma’lum bo‘ladi.

Kiritildi: 18:36 14.12.2022. O'qildi: 2173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!