Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Mobil aloqa tariflari oshishi asosliligi o‘rganilmoqda

Mobil aloqa tariflari oshishi asosliligi o‘rganilmoqda



Ayrim mobil operatorlar tarif narxlarini oshirishni rejalashtirgani ortidan Raqobat qo‘mitasi narxlar oshishining asosliligini o‘rganishni boshladi.

Foydalanuvchilar internet trafigi ko‘paysa-da, aloqa sifati yetarli emasligi, ishlatilmagan trafik keyingi oyga o‘tmasligi va narxlar oshishi xizmat hajmiga mos emasligidan norozi.

Qonunbuzilishlar aniqlansa, operatorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.

Shuningdek, avvalgi o‘rganishlar natijasida:
— Beelineda ayrim avtomatik tarifga o‘tish amaliyoti bekor qilingan;
— davlat organlarining 100 dan ortiq ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilish bepul qilingan;
— Mobiuzda tarifga o‘tishdagi texnik cheklovlar bartaraf etilgan;
— Ucell ommaviy ofertasi qayta ko‘rib chiqilgan.

Kiritildi: 16:42 10.10.2026. O'qildi: 1039 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!