Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Mixail Murashko O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash a’lochisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

A A A
Mixail Murashko O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash a’lochisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Rossiya Federasiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko "O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov hamkasbi Mixail Murashkoga "O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi" ko‘krak nishonini topshirdi.

"Mixail Murashkoga ko‘krak nishoni ikki mamlakat o‘rtasida tibbiyot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun berildi", deyiladi xabarda.

Shuningdek, O‘zbekiston – Rossiya xalqaro sog‘liqni saqlash forumida bir guruh rossiyalik hamkorlar ham "O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Kiritildi: 16:46 03.06.2023. O'qildi: 2124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!