Joriy yilning 10 fevral kuni «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan S gepatitiga qarshi «Sofosbuvir-400mg» dori vositasining joriy yildagi to‘rtinchi turkumini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazib berdi, deb xabar qilayapti «Dunyo» AA muxbiri.
Umumiy 12 dona qutilarda 6720 dona «Sofosbuvir-400mg» dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Misr hukumati tomonidan 2025 yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million AQSh dollari bo‘lgan jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S gepatitini da’volash uchun «Daklatasvir» va «Sofosbuvir», V gepatitiga qarshi «Entekavir» dori vositalarining beg‘araz ko‘mak yordami sifatida O‘zbekistonga taqdim etilishi yuzasidan kelishuvga erishilgan.