Misr qurolli kuchlari bosqinchi isroilga G‘azo qirg‘inida yordam bergani haqidagi iddaolarni qat’iyan rad etib, «ikki tomon o‘rtasida hamkorlikning hech qanday shakli yo‘qligini» aytdi.
Misr armiyasi voizi o‘z bayonotida shunday dedi: «Misr Qurolli Kuchlari ijtimoiy tarmoqlar va shubhali akkauntlarda tarqalayotgan ayblovlarni, jumladan, Misr isroilga G‘azo bosqinida yordam berayotgani haqidagi har qanday tashviqotni butunlay rad etadi».
Vakilning qo‘shimça qilishicha: «Misr qurolli kuchlari isroil bilan hamkorlikning mutlaqo hech qanday shakli yo‘qligini ta’kidlagan».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Misr OAVlari qurol to‘la kema Aleksandriya portiga (isroilga ketayotganda) kelgani haqida xabar bergan, Misr harbiylari buni rad etgan edi.
LSEG ma’lumotlari va kemalarni kuzatish sayti Marine Traffic nemis flagmani MV Kathrin dushanba kuni Misrning O‘rta yer dengizidagi yirik Iskandariya portiga qo‘nganini va oxirgi marta u yerda ko‘ringanini ko‘rsatgan.
Huquq himoyachilari guruhi kemada 150 tonna harbiy portlovchi moddalar bo‘lganini va ular isroilning eng yirik mudofaa pudratchisi Elbit Systemsga yetkazilishi kerakligini aytgan edi.