22 yanvar kuni soat 17:30 atrofida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Shahrisabz–Mustaqillik shoh ko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi — 2000 yilda tug‘ilgan A.X. chorrahada harakatlanayotgan vaqtda chapga burilish qoidasini buzib, xizmat olib borayotgan YPX inspektorini urib yuborgan.
Hodisa oqibatida jabrlangan inspektorga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati barcha haydovchilar va piyodalarni harakat qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirmoqda.