Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mirziyoyev “revolver” kreditlar berilishi haqida gapirdi

A A A
Mirziyoyev “revolver” kreditlar berilishi haqida gapirdi

Prezident meva-sabzavot klasterlari, dehqon xo‘jaliklari va tomorqani rivojlantirish, ularni moliyalashtirish, agroxizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy etilishini ta’kidladi. Jumladan:

- joriy yil 1 dekabrdan Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi tomonidan meva-sabzavot yetishtiruvchilarni imtiyozli kreditlash yo‘lga qo‘yiladi;

- klasterlarga tomorqalardan tayyor mahsulot sotib olishga aylanma mablag‘ uchun 12 oylik “revolver” kreditlar beriladi;

- eksport shartnomasi bo‘lgan meva-sabzavot yetishtiruvchilarga hosilni xavf-xatardan sug‘urtalash xarajatlarining 50 foizi byudjetdan qoplab beriladi;

- klasterlar tomonidan chet eldan malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassisi jalb qilish xarajatlarining 50 foizigacha qismiga subsidiya beriladi.

Kiritildi: 18:19 24.11.2021. O'qildi: 5444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!