Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Mirziyoyev paxta dalasida (FOTO)

Mirziyoyev paxta dalasida (FOTO)

Sirdaryo viloyatiga safarini davom ettirar ekan, davlatimiz rahbari Oqoltin tumani “Nurafshon orzu bo‘stoni” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, paxta hosilini ko‘zdan kechirdi.

Bu g‘o‘zalarni yetishtirishning o‘zi bo‘lgani yo‘q. Sardoba suv ombori toshqini qishloq xo‘jaligiga ham katta zarar yetkazgan edi. Xususan, Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi 20 ming gektarga yaqin ekin maydonini suv bosgandi.

Hosilni asrab qolish uchun ko‘chma nasoslar yordamida suv qochirilib, yer kultivasiya va chopiq qilindi. Imkonsiz joylarda paykallar buzilib, qaytadan boshqa ekinlar ekildi. Qiyg‘os ochilgan paxta ana shunday mashaqqatli mehnat natijasi.

“Nurafshon orzu bo‘stoni” fermer xo‘jaligi “Oqoltin APK” paxta to‘qimachilik klasterining hamkori. 

Shu yerda klasterlar rahbarlari va fermerlar bilan muloqot bo‘ldi. Paxtani qayta ishlab, xomashyoni tayyor mahsulotga aylantirib, qo‘shimcha qiymat yaratish muhimligi ta’kidlandi.

- Klaster va manfaatdorlik - O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining kelajagi. Ilm-fan va innovasiyalarni joriy etmay turib, bu sohani raqobatbardosh qilib bo‘lmaydi, - dedi Prezident.

Mirziyoyev paxta dalasida (FOTO)

Mazkur klaster tomonidan 2021-2022 yillarda amalga oshiriladigan loyihalar haqida ma’lumot berildi. Xususan, Oqoltin tumanida yiliga 30 ming tonna chigitni qayta ishlash bo‘yicha qiymati 4 million dollar hamda 50 ming tonna donni qayta ishlash bo‘yicha qiymati 5,8 million dollar bo‘lgan loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Mirziyoyev paxta dalasida (FOTO)Mirziyoyev paxta dalasida (FOTO)Mirziyoyev paxta dalasida (FOTO)Mirziyoyev paxta dalasida (FOTO)Mirziyoyev paxta dalasida (FOTO)

 


 

Kiritildi: 16:09 13.10.2020. O'qildi: 5785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!