Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Mirziyoyev bilan tushilgan ilk selfi internetni larzaga keltirdi

Mirziyoyev bilan tushilgan ilk selfi internetni larzaga keltirdi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 14 iyun kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Rossiya Federasiyasi poytaxti Moskva shahriga bordi. 

Marosimga dunyoning ko‘plab mamlakatlari va hukumat rahbarlari, ko‘zga ko‘ringan siyosatchilar to‘plangan edi. Ayni damda esa ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan tushilgan ilk selfi-surat ommalashib bormoqda. Suratda Prezident Shavkat Mirziyoyevdan tashqari, Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev va Livan Bosh vaziri Sa’d Haririyni ko‘rish mumkin. Surat ham aynan Sa’d Haririy tomonidan tushirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘layotgan ushbu suratni kompyuterdagi maxsus programmalar orqali yasalgan deguvchilar ham topilmoqda. Biroq bu fikrni rad etishga to‘la asos bor. Suratni Livan Bosh vaziri Sa’d Haririy o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga ham joylashtirgan. 

Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, ushbu surat Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan tushilgan ilk selfi-surat sifatida ko‘rilmoqda.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 12:53 17.06.2018. O'qildi: 4478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!