Bugun, 6 oktyabr kuni bo‘ladigan “Manchester Yunayted” - ”Nyukasl” bahsi Joze Mourinyu uchun oxirgi o‘yin bo‘ladi. U mazkur o‘yindagi natijadan qat’i nazar jamoani tark etadi. Bu haqda “Mirror” nashri xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, “qizil iblislar” rahbariyati portugaliyalik mutaxassisga nisbatan ishonchini yo‘qotgan va shu bois hafta oxirida uni iste’foga chiqarmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, OAVda Mourinyuning o‘rnini “Tottenhem” ustozi Maurisio Pochettino yoki “Real”ning sobiq bosh murabbiyi Zayniddin Zidan egallashi mumkinligi haqida xabarlar bor.
Eslatib o‘tamiz, 55 yoshli Mourinyu 2016 yil may oyida mankunianliklar bilan 3 yillik shartnoma imzolagan edi. Uning qo‘l ostida jamoa Angliya Superkubogi (2016), Angliya Liga kubogi (2017) va Yevropa ligasi (2017) kabi musobaqalarda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, MYu – “Nyukasl” bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.