Kecha, 12 iyul kuni soat 22:24 da Toshkent shahar Mirobod tumani Mirobod ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyida yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisa joyiga qutqaruvchilar soat 22:28 da yetib borib, yong‘in soat 22:34 da o‘chirilgan.
Yong‘indan umumiy ovqatlanish joyining tom qismi 15 kv.m maydonda yonib zararlangani aniqlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo‘qligi aytilgan. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.