Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Mirjalol Qosimov: "Sanjar yil golini urdi" 

Mirjalol Qosimov: "Sanjar yil golini urdi" 

OKMK futbol klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Coca-Cola Superliga 8-turi doirasida «Qo‘qon-1912»ga qarshi kechgan o‘yindan (2:1) so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«O‘yin juda ham shiddatli va jangovar ruhda o‘tdi. Chunki ushbu jamoalar musobaqa jadvalida 2-3-o‘rinlarda kelayotgandi. Shu boisdan birinchi bo‘lib gol urgan jamoa g‘alaba qozonishi kerak edi. Ikkinchi bo‘limda omadimiz keldi. O‘yinni biroz kuchaytirdik va tezda birinchi golni urib oldik. Ikkinchi golda esa, menimcha, Sanjar rostdan ham yil golini urdi. Shunday chiroyli goli bilan u jamoamizga g‘alaba keltirdi.

2:0 hisobini yomon ko‘raman. 1:0 paytida jamoa konsentrasiyani yo‘qotmaydi. Shuningdek, «Qo‘qon-1912» jamoasiga ham qoyil qoldim, ular ikki to‘p farqi bo‘lishiga qaramasdan oxirigacha kurashdi. Bunday o‘yinlar orqali nafaqat futbolchilar, balki muxlislar va o‘zbek futboli ham yutadi.

Hozirgi zamonaviy futbolda g‘alabaga erishish juda qiyin. Undan tashqari, buning uchun katta mehnat qilish kerak. Shu orqali inson xursandchilikni o‘ziga taqdim qiladi», — deya Qosimovdan iqtibos keltirmoqda «Championat.asia».

Ushbu g‘alabadan keyin olmaliqliklarning ochkolari 20 taga yetdi va jamoa 2-o‘rinda bormoqda. Shuningdek, OKMK joriy mavsumda mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoa bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 10:55 08.07.2020. O'qildi: 3163 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!