Bugun 4 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Mirishkorda tadbirkorga hisoblangan 397 mln so‘mlik jarima bekor qilindi

Mirishkorda tadbirkorga hisoblangan 397 mln so‘mlik jarima bekor qilindi

Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi «A.T.B.» MCHJ rahbari moliyaviy jarimani bekor qilishda amaliy yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

Aniqlanishicha, soliq auditi yakunlariga ko‘ra jamiyatga nisbatan qo‘shimcha soliq va moliyaviy jarima qo‘llanilmagan. Biroq keyinchalik o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi asosida korxonaga 397 million so‘mlik moliyaviy jarima hisoblangan.

Biznes-ombudsman xodimlarining qonuniy talablari asosida jamiyat ustav fondining 1,9 milliard so‘mlik qismi tovar ko‘rinishida shakllantirilgani hamda bu holat belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani soliq organi tomonidan qayta ko‘rib chiqildi.

Natijada tadbirkorga hisoblangan 397 million so‘mlik moliyaviy jarima bekor qilinib, uning huquqlari tiklandi.

Kiritildi: 18:14 02.09.2026. O'qildi: 450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!