Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Mirishkor hokimi fuqaroni qachon va nega so‘kkani ma’lum bo‘ldi

Mirishkor hokimi fuqaroni qachon va nega so‘kkani ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryo viloyat hokimligi Mirishkor tumani hokimi Ravshan Komilovning fuqaroni onasidan so‘kkani aks etgan videoga izoh berdi.
«Bugungi maqolaga sabab bo‘lgan, «Ozodlik» radiosi va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan, tuman hokimining fermerga berayotgan tanbehi bilan bog‘liq voqealar bundan roppa-rosa olti yil avval yozib olingan. 

Barchangizga ma’lumki, bundan besh-olti yil avval paxta siyosati yo‘lida hech kim ayab o‘tirilmagan. Hokimning fermerga tanbeh berish voqeasi olti yil avval Chiroqchi tumanida sodir bo‘lgan. 

Alamzada kimsalar esa bu eski voqealarni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatish orqali bugungi kunda ish va odamlarga munosabat uslubini o‘zgartirgan hokimga qarshi ish qilayotganlari sezilib turadi. 

Yangilanayotgan Chiroqchi (2013-2017) va Mirishkor tumanlaridagi bunyodkorlik ishlarining boshida turgan, odamlarning boshini qovushtirgan, tumanlar eksporti haqida qayg‘urgan, bir necha yillar davomida g‘alla rejalarini ortig‘i bilan bajargan, o‘nlab xayriya tadbirlarining faol ishtirokchisi bo‘lgan, muhimi vatan ravnaqi uchun xizmat qilayotgan fuqaro va rahbar Ravshan Komilovni obro‘sizlantirish uchun harakat qilishyapti, degan xulosani keltirib chiqaradi ushbu xabarlar.

Kechagi gapni bugungi gapga aylantirmaylik! 
Hokim ham siz-u bizga o‘xshagan ko‘ngli va orzu havaslari bor. 

Qo‘limizdan kelsa, adolatli gapni aytaylik, bo‘lmasa sukut saqlaylik, yolg‘on va uydirmalardan yiroqlashaylik», deya izohlaydi Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot kotibi Ahror Sodiqov

Kiritildi: 10:06 17.10.2019. O'qildi: 4307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!