Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Mingbuloqda «Nexia» yo‘lni kesib o‘tayotgan ona va qizni urib yubordi

Mingbuloqda «Nexia» yo‘lni kesib o‘tayotgan ona va qizni urib yubordi

Ma’lum bo‘lishicha, voqea soat 22:20 atrofida tumanning Birlashgan MFY ichki yo‘lida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, tumanda yashovchi 37 yoshli fuqaro «Nexia» avtomobilida harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan ona va qizni urib yuborgan.

Ta’kidlanishicha, jabrlanuvchilar 51 yoshli ayol va 16 yoshli qizni urib yuborgan. Oqibatda piyodalar bel umurtqasining yopiq sinishi va chap oyoq to‘piq suyagining yopiq sinishi tashxislari bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

https://namviib.uz/oz/events/ythda-jarohat-olgan-piyodalar-shifoxonaga-yotqizildi

Kiritildi: 11:10 14.09.2021. O'qildi: 1708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!