4 iyul kuni Zarnews.uz telegram tarmog‘ida “Jomboy tumanidagi “Zarafshon" milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi” sarlavhali maqola e’lon qilingandi.
Mazkur holat yuzasidan viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish olib borildi.
O‘rganishlarga ko‘ra, haqiqatda "Zarafshon" milliy tabiat bog‘ining 4-o‘rmon bo‘limi, 9-kvartalida taxminan 1,05 gektar yer maydoni yongan. Ushbu yerda jami 200 ga yaqin daraxt va butazorga zarar yetkazilganligi sababli milliy tabiat bog‘ining bo‘lim mas’ul noziriga nisbatan qonunlarda belgilangan talablar asosida bayonnoma rasmiylashtirildi.
Ayni paytda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.