Hukumat qarori (49-son, 10.02.2026 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy koordinatalar tizimi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
🔰 Qarorga ko‘ra, Milliy koordinatalar tizimi quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi:
▪️ Milliy geodeziya referens datumi;
▪️ Yer gravitasiya maydonining global modeli;
▪️ Milliy koordinatalar tizimining boshlang‘ich nol nuqtasi;
▪️ Davlat geodeziya tarmog‘i punktlari kataloglari;
▪️ Milliy koordinatalar tizimi ma’lumotlar bazasi.
🏛 Milliy koordinatalar tizimining boshlang‘ich nol nuqtasi Samarqand viloyati Samarqand shahridagi Cho‘ponota tepaligida joylashgan Davlat geodeziya punkti hisoblanadi.
✅ EGM2008 Milliy koordinatalar tizimining Yer gravitasiya maydonining global modeli hisoblanadi.
✔️ Milliy koordinatalar tizimi ma’lumotlar bazasidan Milliy koordinatalar tizimining veb-sahifasi orqali foydalaniladi.