Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish:
? fuqarolarga 9 mln 215 ming so‘mdan 18 mln 430 ming so‘mgacha jarima;
? mansabdor shaxslarga 18 mln 430 ming so‘mdan 27 mln 645 ming so‘mgacha jarima solinishiga yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
❗️ Ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish bo‘yicha harakatlar davom ettiriladigan bo‘lsa, quyidagi jinoiy jazolardan biri qo‘llanilishi mumkin:
? 110 mln 580 ming so‘mgacha jarima;
? uch yilgacha axloq tuzatish ishlari;
? bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash;
? uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
❗️ Milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, aholi guruhlariga nisbatan adovat, murosasizlik yoki nifoq keltirib chiqarish maqsadida milliy sha’n-sharaf va qadr-qimmatni kamsitishga, diniy e’tiqodiga yoki daxriyligiga qarab, fuqarolarning his-tuyg‘ularini haqoratlashga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar, shuningdek, milliy, irqiy, etnik mansubligi yoki dinga munosabatiga qarab huquqlarni cheklash yoxud afzalliklar berish:
? ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.