20 yoshli avstraliyalik model va instagram tarmog‘i yulduzi Shineyd Maknamaraning jasadi topildi. Uning jasadi Gresiya qirg‘oqlaridagi yaxtadan topilgan.
“The Sun” nashrining yozishicha, Maknamara 4 oydan beri yaxtada bo‘lgan, ammo aynan nima ish qilgani noma’lum. Qizning oilasidagilar Maknamaraning so‘nggi paytlarda suratga tushish bilan mashg‘ul bo‘lganini ta’kidlashdi.
Ayni damda politsiya yaxtada tekshiruv ishlarini olib bormoqda. Yaxta meksikalik milliarderga tegishli. Milliarder jasad topilishidan uch kun oldin yaxtani tark etgan.