Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Milisiya xodimi keyin qo‘yib yuborishini aytib, ayollarni ishqiy munosabatlar bilan shug‘ullanishga majburladi

Milisiya xodimi keyin qo‘yib yuborishini aytib, ayollarni ishqiy munosabatlar bilan shug‘ullanishga majburladi

AQShning Ogayo shtati polisiya xodimi ayollarni erkinlik evaziga jinsiy aloqa qilishga majbur qildi.

Hodisa haqida NBC News xabar berdi. 55 yoshli milisiya xodimi ikkita ayolni hibsga olgan va o‘zi bilan jinsiy aloqaga kirishishlariga majburlab, keyin qo‘yib yuborishni va’da bergan.

Qayd etilishicha, polisiya xodimi hibsga olingan va unga nisbatan ayblov e’lon qilingan.

Tergov davomida uning FBI agentlariga fohishalar bilan yaqin aloqada bo‘lmagani haqida yolg‘on gapirgani ma’lum bo‘lgan. Aniqlanishicha, u buni bir necha marta amalga oshirgan.

Shuningdek, sudlanuvchining bir marta u bilan jinsiy aloqa qilishni istamay yuziga tarsaki tushirgan ayolni otib tashlagani ham ma’lum bo‘ldi.

Ammo polisiyachi o‘z aybini tan olmayapti. U advokati bilan ayblovlarga qarshi gapirishga tayyor ekanligini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 05:47 14.03.2019. O'qildi: 6362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!