Turinning “Yuventus” klubi 3 yanvar kuni Italiya Superkubogining yarim finalida “Milan”ga imkoniyatni boy berdi.
“Yuventus” 21-daqiqada Samuyel Mbangulaning uzatmasidan so‘ng Kenan Yildizning goli evaziga hisobni ochdi.
Biroq, “Milan” o‘yinni o‘zgartirib yubordi. 71-daqiqada Kristian Pulishich penaltini golga aylantirib, hisobni tenglashtirdi. 76-daqiqada esa Federiko Gatti tomonidan kiritilgan avtogol milanliklarni oldinga olib chiqdi.
Natijada milanliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, turnir finaliga yo‘l oldi.