Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Mikrokreditbank” xodimi tadbirkorni 22 mln. 800 ming so‘mini «eb ketdi»

“Mikrokreditbank” xodimi tadbirkorni 22 mln. 800 ming so‘mini «eb ketdi»

ATB “Mikrokreditbank” Farg‘ona mintaqaviy filiali amaliyot bo‘limining Toshloq tumanida joylashgan “Yakkatut” mini banki yetakchi mutaxassisi Asror Vahobov ham qing‘ir yo‘lni tanladi. Xizmat mavqeidan foydalanib, firibgarlik jinoyatini sodir etdi.

U mazkur bankning mijozi “Firdavs hilol fayz” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari A. Sayidxo‘jayevni bankdan olgan kredit foizini to‘lamoqchi ekanligidan xabardor bo‘lgan.

Mijozni bank binosi oldida uchratib, unga kreditga hisoblangan 51 million so‘m foizini 22 million 800 ming so‘m naqd pul evaziga qoplab berishga va’da berib, ishontirgan. Albatta, bunday “xizmat” kimga ham yoqmaydi.

“Firdavs hilol fayz” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari bank xodimiga kelishilgan pulni bergan. A. Vahobov uning 22 million 800 ming so‘m naqd pullarini qo‘lga kiritib, pullarni kredit foiziga to‘lamay, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. Chuv tushgan mijoz bank xodimiga qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoraga ariza bilan murojaat qildi.

Tergov harakatlari davomida u yetkazilgan moddiy zarar o‘rni to‘liq qoplandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudining ochiq sud majlisida mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston milliy axborot agentligining xabariga ko‘ra, Sud A. Vahobovni bir yil bank – moliya tizimi idoralarida moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilib, ish haqining yigirma foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda ikki yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi.

Kiritildi: 12:16 19.06.2019. O'qildi: 1241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!