Bugun 6 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Migrasiya agentligi mas’ullari 1 mlrd so‘mdan oshiq pulni talon-toroj qilgan

Migrasiya agentligi mas’ullari 1 mlrd so‘mdan oshiq pulni talon-toroj qilgan

Migrasiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq talon-torojliklar fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda Migrasiya agentligining mas’ul shaxslari agentlik xodimlari B.D. va N.A.ning amalda ishlamagan davri uchun 931,6 mln so‘m ish haqi sifatida hamda intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan va jazo amal qilgan davrda Mehnat kodeksining talablariga zid ravishda 8 nafar xodimga 88,5 mln so‘m to‘lab bergani aniqlangan. Natijada byudjet mablag‘larini rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:25 05.08.2026. O'qildi: 1263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!