Microsoft Ukrainaga texnik yordam ko‘rsatish uchun yana 100 million dollar ajratadi va o‘ning umumiy ko‘magini 400 million dollarga yetkazadi.
Shuningdek, Ukraina 2023 yil davomida butun Yevropa bo‘ylab Microsoft bulut xizmatlari va ma’lumotlar markazlaridan bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi.
"Kompaniyaning bunday qo‘llab-quvvatlashi Ukrainadagi davlat idoralari, muhim infratuzilma va boshqa tarmoqlarga raqamli infratuzilmani boshqarishda davom etish va Microsoft buluti orqali fuqarolarga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi", deb yozdi kompaniya prezidenti Bred Smit o‘z blogida.