Microsoft texnologiya kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab do‘konlarining yopilishini e’lon qildi. Endi korporasiya o‘z tovarlari va xizmatlarini faqat onlayn rejimda sotadi. Bu haqda Microsoft rasmiy saytida xabar berildi.
Hozirgi vaqtda korporasiyaning 82 ta do‘konlari mavjud, ulardan 73 tasi AQShda, qolganlari Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Puyerto-Rikoda joylashgan. Biroq, Nyu-York, London, Sidney va Redmonddagi Microsoft Yexperiyence Center korporativ markazlarida chakana savdo do‘konlari ochiq.
"Biz Microsoft do‘konlarining mijozlaridan minnatdormiz va ularga onlayn xizmatlarni taqdim etish imkoniyatini kutmoqdamiz", deyiladi xabarda. Kompaniya shuningdek, koronavirus epidemiyasi fonida, Microsoftning malakali mutaxassislari mijoz bilan shaxsiy aloqa qilmasdan xizmatlarni muvaffaqiyatli taqdim eta olishini isbotladi. Biroq, rahbariyat xodimlarni qisqartirishni rejalashtirmaydi.
Avvalroq Microsoft o‘zining yuzni aniqlash texnologiyasini AQSh polisiyasiga sotishdan bosh tortgani haqida xabar berilgan edi. Korporasiya mamlakatda polisiya tomonidan ushbu texnologiyadan foydalanishni tartibga soluvchi qonunlar kiritilmaguncha buni amalga oshirmasligini ta’kidladi.