Majburiy ijro Byurosi Baliqchi tuman bo‘limi texnik kuzatuv sho‘’basi mutaxassisi M.Karimov o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtida cho‘kib ketayotgan bolani qutqarib qoldi.
M.Karimov Baliqchi tumani, Do‘ngasaroy MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Katta Andijon” kanalida Do‘ngsaroy MFY, Bexizor ko‘chasi, 15-uyda yashovchi 2006 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Abdumajidov O‘.Nosirjon o‘g‘li kanalda cho‘milayotgan vaqtida cho‘kayotganini ko‘rib bolaning hayotini saqlab qoldi.
Voyaga yetmagan O‘.Abdumajidovning ota-onasi, “Do‘ngasaroy” MFY raisi tomonidan Byuro xodimi M.Karimovga minnatdorchilik bildirildi.