Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

MIB: Urgutda qarzdor korxonaning 30 milliard so‘mlik mulki xatlandi

MIB: Urgutda qarzdor korxonaning 30 milliard so‘mlik mulki xatlandi

Ma’lum bo‘lishicha, “A.G.L” korxonasiga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida Biznesni rivojlantirish banki tomonidan kredit ajratilgan. Biroq korxona tomonidan kredit shartlari bajarilmagani sababli 30 milliard so‘m miqdorida muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2023 yil 4 dekabrdagi ijro hujjatiga asosan, qarzdorlikni undirish uchun garovga qo‘yilgan korxona binosiga undirish choralari qo‘llanilgan. Shunga qaramasdan, korxona rahbariyati tomonidan qarzni qoplash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmagan.

Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyati boshqarmasi inspektorlari qarzdorni bir necha bor ogohlantirib, uning mol-mulkiga taqiq qo‘ygan. Qarz to‘lanmaganligi sababli garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk — korxona binosi xatlandi.

Ayni paytda ushbu qarzdorlik qoplanmasa mulk auksion savdolari orqali sotuvga chiqariladi.

Kiritildi: Bugun 18:00. O'qildi: 376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!