Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

MIB: To‘lov intizomiga rioya etaylik !

MIB: To‘lov intizomiga rioya etaylik !

Majburiy ijro byurosi Xonobod shahar bo‘limi tomonidan energiya resurslari hamda maishiy chiqindidan debitor qarzdorliklarni qisqartirish, to‘lov intizomini mustahkamlash borasida 2020 yil yanvar-may oylarida muayyan  ishlar amalga oshirildi.

Xususan, Byuroning Xonobod shahar bo‘limi qarzdorlikni sudgacha undirish sho‘’basi tomonidan yetkazib berilgan energiya resurslari va maishiy chiqindi bo‘yicha xizmat ko‘rsatishdan qarzdorligi mavjud iste’molchilarga qarzdorliklarini bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy talabnomalar asosida qarzdorliklar undirilib kelinmoqda. Talabnomada ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lovlarni ixtiyoriy ravishda amalga oshirmagan qarzdor iste’molchilarni tarmoqdan uzish, majburiy undirish choralarini qo‘lash uchun ta’minotchi korxonalar tomonidan sudlarga da’vo arizalar kiritish ishlari bajarib kelinmoqda. 

Jumladan, 2020 yilning 4 oyi davomida bo‘lim tomonidan yuridik istemolchilarining energiya resurslaridan mavjud qarzdorliklarini undirish maqsadida 173 ta 97,4 mln. so‘mlik inkasso topshiriqnomalari qo‘yilib, shundan  108 ta 52,9 mln. so‘m qarzdorliklar undirilishi ta’minlandi.

Shuningdek, Byuro vakolatlaridan foydalangan holda bo‘lim tomonidan tashkilotlar ishchi xodimlarining foydalanilgan energiya resurslaridan qarzdorligini bartaraf etish choralari ko‘rilishi ko‘rsatilib, ish beruvchi 3 ta korxona-tashkilotlarga 184 nafar iste’molchining 92,6 mln.so‘mlik qarzdorligiga  talabnoma berildi hamda majburiy ko‘rsatma asosida to‘liq undirildi.

Bundan tashqari, joriy etilgan karantin sharoitida viloyatimiz aholisiga energiya resurslarini yetkazib berish xamda yetkazib berilgan energiya resurslari iste’molini hisoblash, to‘lovlarini to‘lashda yengillik qilish maqsadida yaratilgan telegram ijtimoiy tarmog‘idagi @mibuzbot sahifasidan foydalanish bo‘yicha aholiga muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Mana shunday sinovli kundarda barchamiz birgalikda harakat qilib, foydalanilgan kommunal xizmatlar to‘lovini o‘z vaqtida to‘lab boraylik. Zero, o‘z muddatida to‘langan to‘lovlar karantin davrida energiya resurslaridan to‘laqonli foydalanishimiz kafolatidir.

Kiritildi: 17:40 29.05.2020. O'qildi: 2028 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!