Bugun 14 mart, 2026 yil, shanba

КИР

MIB tomonidan Uchko‘prik tumanida psixotrop moddalar yo‘q qilindi

MIB tomonidan Uchko‘prik tumanida psixotrop moddalar yo‘q qilindi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida fuqarolar salomatligiga jiddiy xavf tug‘diruvchi psixotrop moddalar belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

Ma’lum qilinishicha, Byuroning Uchko‘prik tumani bo‘limiga kelib tushgan ijro hujjatiga asosan, tegishli tartibda musodara qilingan psixotrop moddalarni yo‘q qilish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur jarayonda mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi va inson salomatligi hamda jamiyat xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ushbu moddalar qonun talablariga muvofiq tarzda yo‘q qilindi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, psixotrop moddalarning noqonuniy muomalada bo‘lishi jamiyat, ayniqsa yoshlar salomatligiga jiddiy tahdid soladi. Shu bois bunday holatlarning oldini olish va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bu kabi chora-tadbirlar aholining tinchligi va xavfsizligini ta’minlash, noqonuniy dori vositalari tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kiritildi: Bugun 13:52. O'qildi: 294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!