Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

MIB: Tadbirkorning 2,3 milliard so‘m qarzi undirildi

MIB: Tadbirkorning 2,3 milliard so‘m qarzi undirildi

Nukus tumanlararo iqtisodiy sudining 2026-yil 13-aprel kungi ijro xujjatiga asosan, karzdor “Kungrad Lestorg” MCHJdan undiruvchi “Sirdaryo fresh treading” MCHJ foydasiga 2 milliard 326 million so‘m undirish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishildi.

Xususan, qarzdor «Kungrad Lestorg» MCHJning bank hisob raqamlari xatlovga olinib, unga tegishli 4 ta avtotransport vositasi va bitta ko‘chmas mulkiga taqiq o‘rnatildi.

Shuning natijasida, 2,3 milliard so‘mdan ortiq pul mablag‘lari joriy yilning 21-may kuni to‘lig‘i bilan undirilib, undiruvchi » Sirdaryo fresh treading» MCHJning hisob raqamiga o‘tkazib berilib, sud qarori ijrosi amalda ta’minlandi.

Kiritildi: Bugun 08:43. O'qildi: 132 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!