Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

MIB tadbirkorga 161 mln so‘m undirib berdi

MIB tadbirkorga 161 mln so‘m undirib berdi

Nukus tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 18 iyul kungi qaroriga asosan qarzdor “XODJEYLY PAXTA TOZALASH” AJ hisobidan “KEGEYLI MATLUBAT SAVDO” MCHJ foydasiga 161 250 928 so‘m undirish belgilangan. 
 Lekin, sud qarori ijrosini ta’minlash - hamirdan qil sug‘irganday kechmaydi albatta. Oldi-berdi masalasi sudlashish darajasiga yetib borganining o‘ziyok, qarzdor o‘z zimmasidagi majburiyatga qanday munosabatda bo‘lganligining tasdig‘i.
 Xullas, ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Xo‘jayli tuman bo‘limiga joriy yilning 24 iyul kuni kelib tushadi va shu kunning o‘zidayok ijro ishini yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Qarzdor esa tegishli ravishda sud qarorini 15 kunlik muddatda bajarilishi yuzasidan hamda bajarilmagan taqdirda qonunda ko‘rsatilgan huquqiy choralar qo‘llanilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantiriladi.
 Natijada, shu tariqa majburiy ijro harakatlari davom ettirilib, qisqa vaqt mobaynida ijro hujjatining ijrosi ta’minlandi va undiruvchi “KEGEYLI MATLUBAT SAVDO” MCHJ foydasiga 161 250 928 so‘m to‘liq undirib berildi.

Kiritildi: 16:54 14.08.2019. O'qildi: 1367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!