Majburiy ijro byurosining Samarqand shahar bo‘limi hamda viloyat Soliq boshqarmasi organlari tomonidan sud va soliq organlari qarorlari asosida qarzdor “D.H.” MCHJdan 600 000 000 so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligi undirildi.
Soliq qarzdorliklarini undirish borasida tizimli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Byuroning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan soliq organlari foydasiga 5 215 ta ijro hujjati bo‘yicha 377,3 milliard so‘m mablag‘ning undirilishi ta’minlandi.
Qayd etish joizki, ijro hujjatlarining o‘z vaqtida va qonuniy asosda ijro etilishi davlat byudjeti tushumlarini oshirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hamda soliq qarzdorliklarini qisqartirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Byuro organlari tomonidan bu kabi chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.