Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

MIB Samarqandda elektr va gaz kommunal tashkilotlari hisobiga 38 mlrd. so‘m undirib berdi

MIB Samarqandda elektr va gaz kommunal tashkilotlari hisobiga 38 mlrd. so‘m undirib berdi

Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan sud qaroriga asosan energiya resurslari sohasida qarzdorliklarni undirish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ foydasiga 1 079 ta ijro hujjati bo‘yicha 23,3 mlrd. so‘m hamda "Hududgaz" korxonalari foydasiga esa 1 392 ta ijro hujjati bo‘yicha 14,7 mlrd. so‘m qarzdorlik amalda undirilgan.

Amalga oshirilgan ijro harakatlari davomida qarzdorlardan 1,4 mlrd. so‘mlik mol-mulklar qarzdorlik evaziga xatlanib, mulklar elektron onlayn savdolariga chiqarilgan va realizasiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

Misol uchun, Samarqand shahar iqtisodiy sudining hal qiluv qaroriga asosan, "A-G-Samarqand”dan undiruvchi "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ ga 25 mln so‘m qarz undirish belgilangan. Olib borilgan ijro harakatlari davomida undiruvchi korxona foydasiga qarzdorlik to‘liq undirib berilishi ta’minlandi.

Ba’zi hollarda, fuqarolarga qulaylik yaratish va shanba-yakshanba kunlari o‘z xonadonlarida bo‘lish ehtimoli bo‘lgan fuqarolar bilan ularga sud hujjatlari mazmunini tushuntirish hamda qarzdorlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Bu boradagi undiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:25. O'qildi: 291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!