Termiz tumanlararo iqtisodiy sudining 2026-yil 14-avgust kungi ijro xujjatiga asosan, karzdor “O.W.” MCHJdan undiruvchi “UZ-SEGANG SURXON” MCHJ foydasiga 745 mln. so‘m undirish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Xususan, qarzdor jamiyatning bank hisob raqamlari xatlovga olinib, unga elektron inkasso qo‘yilgan hamda qarzdorning bojxona operasiyalarini bajariga ta’qiq o‘rnatilgan.
Shuning natijasida, 745 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari joriy yilning 15-sentyabr kuni to‘lig‘i bilan undirilib, sud qarori ijrosi amalda ta’minlangan.