Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

MIB Qoraqalpog‘istonda kattagina qarzdorlikni undirdi

MIB Qoraqalpog‘istonda kattagina qarzdorlikni undirdi

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘ iston Respublikasi boshqarmasi Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi tomonidan joriy 20 fevral kuni Qo‘ng‘irot tumanlararo iqtisodiy sudining 21.01.2019 yildagi qaroriga asosan qarzdor Qoraqalpog‘iston Respublikasi yo‘llardan foydalanish UK Qo‘ng‘irot tuman bo‘limidan undiruvchi O‘zbekiston temir yo‘llari AJ ga qarashli yuk tashish hujjatlarini qayta ishlash Qo‘ng‘irot texnologik markazi foydasiga jami 874 mln. 573 ming 950 so‘m undirish to‘g‘risida ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur ijro ishining ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan tegishli tartibda majburiy ijro harakatlari olib borildi va natijada qarzdorlik to‘liq undirilib, ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi Sud hajjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida gi Qonunining 41 moddasi 1-qismiga asosan tamomlandi.

Kiritildi: 10:49 18.04.2019. O'qildi: 1265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!