Majburiy ijro byurosi Payariq tuman bo‘limi tomonidan sud hujjati ijrosini ta’minlash doirasida noqonuniy qurilgan inshoot buzildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudining 2025 yil 20 avgustdagi hal qiluv qaroriga asosan, javobgar S.M. tomonidan Payariq tumani Gulzor mahallasi hududida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 0,02 gektar yer maydonidagi 64 kv.m qurilishni buzish va yer maydonini bo‘shatish belgilangan edi.
Ijro harakatlari davomida qarzdorga qonunchilikka muvofiq ogohlantirishlar berildi. Shundan so‘ng, mutasaddi tashkilotlar va xolislar ishtirokida inshoot majburiy tartibda buzilib, yer maydoni bo‘shatildi.
Majburiy ijro byurosi noqonuniy qurilishlarga qarshi chora-tadbirlarni izchil davom ettiradi va fuqarolarni qonun talablariga rioya qilishga chaqiradi.