Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari ish yurituvida mavjud bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan uy-joylari, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa inshootlar uchun hokimliklardan kompensasiya mablag‘larini undirish bilan bog‘liq hujjatlar ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan.
Xususan, joriy yilda hududiy bo‘limlar ish yurituviga mazkur toifadagi 21 ta 5,1, mlrd. so‘mlik ijro hujjatlari kelib tushgan, olib borilgan ijro harakatlari davomida 10 ta ijro hujjatlari ijrosi ta’minlanib, 2,6 mlrd. so‘m undirilgan.
Masalan, Chust tuman hokimligidan fuqaro M.Usmonov foydasiga 227, 2 mln.so‘m kompensasiya undirish belgilangan, olib borilgan ijro harakatlari davomida ushbu mablag‘ to‘liq undirib berildi.
Hozirda, 11 ta jami 2,5 mlrd. so‘m fuqarolar hamda yuridik shaxslar foydasiga ijro ishlari bo‘yicha kompensasiya undiruv bo‘yicha majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda.