Prezidentimizning “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoniga muvofiq faoliyat yuritayotgan tumanlararo ixtisoslashtirilgan bo‘limlar ijro hujjatlari ijrosini soddalashtirilgan tartibda ta’minlab, hisobini yuritadi.
– Ijro hujjatlarining soddalashtirilgan tarzda ijrosini ta’minlaymiz, – deydi MIB Surxondaryo viloyati tumanlararo bo‘limi boshlig‘i Anvar Xudoyorov. – Ma’muriy jarimalar, soliq qarzi va davlat bojini undirish bo‘yicha undiruvni qarzdorning yashash joyiga yoki mol-mulki turgan joyga bormagan holda axborot kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan masofadan turib amalga oshiramiz. Shuningdek, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olib, to‘lovlarni qarzdor fuqarolarga bo‘lim tomonidan yuborilgan xabarnomada ko‘rsatilgan ID raqamlarga “Elektron to‘lov tizimlari orqali” to‘lab beramiz.
Viloyatda undirilgan pul mablag‘larining 50 foizi maxsus daftarlar jamg‘armalari xususan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ga yo‘naltirildi.