Buyuk ajdodlar merosini teran nigoh ila o‘rgangan kishining ma’naviy olami, va tafakkuri shunga yarasha bo‘ladi.
Majburiy ijro byurosining Yangihayot tuman bo‘limi xodimlari tumandagi 332-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “Alisher Navoiy va Bobur merosi – beqiyos ma’naviy xazina” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir ishtirokchilari shunday xulosaga keldilar.
Tadbirda, Byuro xodimlari she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi haqida so‘z yuritar ekan, avvalo buyuk ajdodlarimiz shoir hayoti va ijodi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv davomida, yoshlar Alisher Navoiy va Boburning g‘azallari, sahnalashtirilgan spektakl hamda she’riy to‘plamlaridan parchalarrni qatnashuvchilar e’tiboriga havola etishdi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir badiiy qismida mazkur bank iste’dodli yoshlari tomonidan sahnalashtirilgan Alisher Navoiy va Guli siymolari hamda ular ijro etishgan ash’orlar barchada katta taassurot qoldirdi.