Yakkasaroy tumanidagi oddiy bir xonadon atrofidagi vaziyat qariyb 3 yil davomida yechimini kutib keldi. Sudning 2023 yil 1 avgustdagi qarori bilan mazkur uy qarzdorlarga tegishli emasligi aniqlanib, ularni boshqa uy-joy bermasdan ko‘chirish belgilangan edi. Ya’ni, qonun nuqtai nazaridan uyning haqiqiy egalari boshqa fuqarolar ekani ochiq-oydin belgilangan.
Biroq amalda bu qarorni bajarish oson kechmadi. Qarzdorlar uyni bo‘shatishni istamay, turli sabablar bilan vaqtni cho‘zib keldi. Davlat ijrochilari tomonidan 2023 yildan buyon bir necha bor tushuntirish ishlari olib borildi, qonun talablari yetkazildi, majburiy ijro sanalarini belgilash orqali masala tinch yo‘l bilan hal etilishiga urinildi. Ammo qarzdorlar tomonidan qarshiliklar davom etdi.
Natijada, qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida keskin chora ko‘rishga to‘g‘ri keldi. 2026 yil 27 mart kuni davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilib, qarzdorlar xonadondan chiqarildi.
Eng muhimi, uzoq vaqt davomida o‘z uyiga kira olmagan, sarson bo‘lgan haqiqiy egalarning huquqi tiklandi. Ular nihoyat o‘z xonadonlariga qaytib, uy ostonasidan qadam qo‘yish imkoniga ega bo‘ldi.
Bu holat bir haqiqatni yana bir bor ko‘rsatadi: qonun bilan belgilangan qaror baribir ijrosini topadi. Uni to‘xtatib qolish yoki umuman bajarmaslikning iloji yo‘q.